Hodisalar

DXA tizimida uch oy ichida 19 nafar mansabdor ishdan olindi

© PixabayRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
2021 yilning 1 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida jami 104 mingdan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlangan.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Davlat xizmatlari agentligi (DXA) va uning hududiy boshqarmalari 2021 yilning 1 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida jami 104 mingdan ortiq qonun buzilish holatlarini aniqladi. Bu haqda DXA matbuot xizmati xabar qildi.
Shundan 75 mingdan ortigʻi muddat buzish, 19 mingdan ortigʻi toʻgʻridan-toʻgʻri davlat xizmati koʻrsatish, 595 tasi ortigʻi asossiz rad etish va boshqa turdagi qonun buzilishlarni tashkil etgan.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 171 ta taqdimnoma, 934 ta ogohnoma kiritilgan va 812 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Kiritilgan taʼsir choralari natijasida 325 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Shundan 19 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va 812 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.
Maʼlum qilinishicha, davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar soni 6 taga ortib, 154 tani tashkil qilgan Joriy yilda Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sonini 200 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.
V Mirzachulskom rayone Uzbekistana otkrыlsya tsentr gosuslug - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.12.2020
Jamiyat
Davlat xizmatlari agentligi 3 yoshda: aholi yengillik sezdimi?
Jismoniy va yuridik shaxslarga yanvar – mart oylarida 3 mln dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilgan. Aholiga jami 63 mingdan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala