YeXHT raisi O‘zbekistonga keldi

© IA "Dunyo"Predsedatel OBSE Ann Kristin Linde priyexala v Uzbekistan
Predsedatel OBSE Ann Kristin Linde priyexala v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida Ann Kristin Linde O‘zbekiston prezidenti Shavkat mirziyoyev tomonidan ham qabul qilinadi.
TOShKENT, 13 apr - Sputnik. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde ikki kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.
YeXHT raisi tashrif doirasida O‘zbekiston Senati va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Uchrashuvlar doirasida O‘zbekiston va YeXHT hamda O‘zbekiston va Shvetsiya aloqaldarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, deyilgan xabarda.
Undan tashqari, Ann Kristin Linde O‘zbekiston prezidenti Shavkat mirziyoyev tomonidan ham qabul qilinadi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 10-apreldan boshlab O‘zbekistondan Yevropaga eksport qilinayotgan mahsulotlar uchun “GSP+” - YeIning imtiyozlar tizimi qo‘llanilishi boshlangan edi. Ushbu tizim rivojlanayotgan mamlakatlar YeIga o‘z mahsulotini eksport qilishi uchun qulaylik va yengilliklar yaratadi. O‘zbekiston “GSP+” berilgan 9-mamlakat bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0