Siyosat

Gender tengligi masalalarida Oʻzbekiston Rossiyadan oʻrnak olmoqda – Norboyeva

© SputnikValentina Matviyenko i Tanzila Narbayeva
Valentina Matviyenko i Tanzila Narbayeva  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Matviyenko aytishiga qaraganda Rossiyada Oʻzbekistonning ikki davlat orasidagi munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga boʻlgan qiziqishini his qilishmoqda va Moskva ham ushbu yoʻnalishda harakat qilmoqda.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston parlamentlari ikki davlat prezidentlari tomonidan imzolanishi kutilayotgan ikki tomomnlama shartnomalarni amalga oshirishda ishtirok etishni rejalashtirishmoqda. Bu haqida Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda xabar qildi RIA Novosti xabariga asosan.
Bularning barchasi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan davlat tashrifi arafasida juda muhim ahamiyatga ega. Tashrif munosabati bilan bir qator muhim hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Parlamentlarimiz ham bunga oʻz hissasini qoʻshadi deb oʻylayman.
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik Oʻzbekiston
Valentina Matviyenko
Federatsiya Kengashi spikeri
Federatsiya Kengashi raisi Oʻzbekiston Senati delegatsiyasi tashrifi parlamentlararo aloqalarini rivojlantirish ikki davlat munosabatlari rivojlanishiga yangi impuls qoʻshishiga ishonch bildirdi.
Matviyenko aytishiga qaraganda Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlari koʻp jihatdan oʻzaro ishonchli hamkorlik xarakteriga ega. Shuningdek Federatsiya Kengashi spikeri Tanzila Norboyeva bilan oʻzining shaxsiy munosabatlarini yuqori qadrlashini aytib oʻtdi.
Norboyeva aytishiga qaraganda, Oʻzbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi doirasida Oʻzbekiston-Rossiya hududlararo forumi ham boʻlib oʻtadi va unda ikki davlat parlamentlarining yuqori palatalari vakillari uchrashadi.

“Iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy va gender tengligi masalalarida biz koʻp sohada Rossiyadan oʻrnak olmoqdamiz. Sizning ishingizni kuzatib turib hukumatni nazorat qilish borasida yangi yoʻnalishlar kiritmoqdamiz

Tanzila Narbayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Tanzila Norboyeva
Oʻzbekiston Oliy Majlis Senati raisi
Matviyenko ham oʻz navbatida Rossiyada ham Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini, u yerda amalga oshirilayotgan kuchli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ilohotlardan hamda Oʻzbekistonning dunyo oldida ochilayotganidan xursand boʻlishayotganini maʼlum qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala