Moskva bosqichma-bosqich migratsiya cheklovlarini bekor qiladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRabochie v Moskve
Rabochie v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Obuna bo‘lish
Yakuniy qaror - Rospotrebnadzor tomonidan epidemiologik xavfsizlik normalariga asosan qabul qilinadi.
TOShKENT, 14 apr- Sputnik. Moskvada mehnat migrantlari kirib kelishi uchun qo‘yilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich qisqartirilishi kerak dedi Moskva shahar meri o‘rinbosari Vladimir Yefimov 14-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.
Yefimov aytishiga ko‘ra, ushbu masalada yakuniy qarorni, albatta, Rospotrebnadzor, epidemiologik xavfsizlik normalariga asosan qabul qiladi.

“Hozircha biz (migrantlar uchun – tahr.) chegaralarni to‘liq ochish haqida gapira olmaymiz, lekin shunga intilayapmiz va kutayapmiz”, - dedi Yefimov.

Biroz oldin Moskva meriyati, shaharidagi qurilishlarga 20 mingdan ortiq ishchi kuchi yetishmayotganligi haqida xabar qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 16-mart kuni Toshkentda Moskva migratsiya markazining vakolatxonasi ochilgan edi. Ushbu vakolatxona O‘zbekistondan kerakli mutaxassislarni saralab olishda yordam beradi.
2020 yilning oktabrida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, oldin migrantlar xizmatlaridan foydalangan qurilish, taksi va kuryerlik xizmatlarida 40% ishchi kuchi yetishmayotganligi haqida ma’lum bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0