Iqtisod

Rossiya Oʻzbekistonning 17ta korxonasidan pomidor importiga ruxsat berdi

© Sputnik / Yekaterina Lыzlova / Fotobankka oʻtishPomidorы
Pomidorы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Oʻtgan yilning noyabr-dekabr oylarida Fargʻona, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan, Rossiyada pomidor va qalampir olib kirishni taʼqiqlab qoʻyilgan edi.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Rosselxoznadzor Fargʻona, Qashqadaryo va Navoyi viloyatlaridan 17ta korxonadan pomidor va qalampir importiga ruxsat berdi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini inspektsiyasidan Fargʻona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining 17ta korxonasi, pomidor jigarrang virusi (Tomato brown rugose fruit virus)dan xoli ekani haqida olgan maʼlumotiga asosoan, Rosselxoznadzor 2021 yilning 14 aprelidan boshlab, Oʻzbekiston mutassadi organi garantiyasi asosida, Rossiyaga ushbu korxonalardan pomidor va qalampir olib kelishga ruxsat berdi”, - deyilgan rasmiy xabarda.
Muassasa sahifasida yuqorida aytib oʻtilgan 17ta korxonaning toʻliq roʻyxati ham keltirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Rosselxoznadzor 2020 yilning noyabr - dekabr oylarida Oʻzbekistonning Fargʻona, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan, Rossiyada karantin roʻyxatiga kiritilgan obʼyektlar aniqlangani tufayli, pomidor va qalampir olib kirishni taʼqiqlab qoʻygan edi. Shundan soʻng ayrim korxonalarga ruxsat berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala