Jamiyat

Roʻzador odam emlanishi mumkinmi – shifokor javobi

© AOKASevara Ubaydullayeva - sotrudnik shtaba po borbe s koronavirusom
Sevara Ubaydullayeva - sotrudnik shtaba po borbe s koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Shifokor qanday holatlarda roʻza tutayotgan odamlarga emlash tavsiya etilmasligini batafsil tushuntirib berdi.
TOSHKENT, 14 apr- Sputnik. Roʻzador odamda odatda qisman ruhiy va jismoniy toliqish boʻladi. Shunday holatda ham vaktsina qabul qilish mumkinmi, degan savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva javob berdi.
Birinchi navbatda, oʻz salomatligiga ziyon yetkazmaydigan darajada roʻza tutishni tavsiya etamiz.
Kimlar emlanishi mumkin
Roʻzani belgilangan amalga muvofiq tutib, oʻz sogʻligini ehtiyot qilgan holda tutgan fuqarolar emlanishi mumkin;
Roʻza tutayotgan inson organizmida biror surunkali kasallik boʻlsa va ushbu kasallik avj olmagan davri boʻlsa – emlash tavsiya qilinadi;
Roʻzador insonning sogʻligi but boʻlsa, surunkali kasalliklari boʻlmasa va oʻrta yoshda boʻlsa – ular ham emlanishi mumkin.
Kimlarga emlanish tavsiya etilmaydi
Surunkaoli kasalliklari bor yoki roʻza tutish jarayonida organizmda surunkali holsizlik va ozuqa yetishmasligi kuzatilayotgan boʻlsa - shifokor ularning holatini oʻrganib chiqib, organizmida biror oʻzgarish aniqlasa – vaqtincha emlash tavsiya qilinmaydi;
Sogʻlom inson organizmida ham biror oʻzgarish kechayotgani aniqlansa - emlash tavsiya etilmaydi;
Shuningdek, Sevara Ubaydullayeva Gripp va shamollash kasalligiga chalingan bemorlar ham kasallikning ogʻir davrida emlash mumkin emasligini va ularni kasallikdan 2 hafta oʻtib emlash mumkinligini maʼlum qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala