Siyosat

Saylovlar, rus tili, migrantlar: Norboyeva va Volodin qaysi mavzularni muhokama qildi

© Gosudarstvennaya Duma RFPredsedatel GD vstretilsya s Predsedatelem Senata Uzbekistana
Predsedatel GD vstretilsya s Predsedatelem Senata Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida delegatsiya Rossiyada rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva va Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Moskvada muzokaralar oʻtkazdi.
Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya 13-16 aprel kunlari Rossiyada rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi. Avvalroq parlamentning yuqori palatasi raisi Rossiya Fedaratsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashgan edi.
Davlat dumasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Volodin va Norboyeva suhbat chogʻida ikki mamlakat yetakchilari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev tomonidan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun bor kuchni ishga solish zarurligini taʼkidlashdi.

Saylovlar

2021 yil sentyabrda Rossiyada Davlat dumasiga saylovlar boʻlib oʻtishi kerak, Oʻzbekistonda esa oktyabrda prezident saylovlari rejashtirilgan.
Zasedaniye Tsentralnoy izbiratelnoy komissii Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Siyosat
Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrishga oid asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi
Volodin Norboyeva bilan uchrashuvda dedi: “Oʻzbekiston parlamenti vakillari mamlakatimizdagi saylovlarni kuzatish uchun kelishsa, mamnun boʻlamiz”.
Tomonlar rossiyalik deputatlari Oʻzbekiston prezidenti saylovlariga kuzatuvchi sifatida, oʻzbekistonliklar esa Davlat dumasiga saylovlar oʻtkazilishini kuzatish uchun kelishi borasida kelishib oldi.
Volodin bu ishda milliy qonunchilikka rioya qilishga eʼtibor qaratish muhimligini taʼkidladi.
“Bu yondashuvlar bizda kuzatish uchun kelayotgan boshqa mamlakatlarnikidan farq qiladi. Biz oʻz tomonimizdan mamlakatlarning milliy qonunchiligi borligidan kelib chiqamiz, va buni hurmat qilamiz”, - dedi Davlat dumasi raisi.

Rus tili

Oliy Majlis Senati raisi taʼkidladi: respublika uchun rus tilini oʻrganish muhim.
Tanzila Norboyeva 2020 yilda, pandemiyaga qaramasdan, Oʻzbekistonga 35 nafar rus tili oʻqituvchilari kelgani, mamlakatning turli hududlarida ishlaganini eslatdi.
Zdaniye RUDN v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.12.2020
"Rus tilini oʻrgatishadi": RUDN oʻqituvchilari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
“Bu yil 48 nafar keladi”, - dedi Senat raisi.
Bundan tashqari, Norboyeva Rossiya tomoniga Oʻzbekistonda Rossiya oliygohlari filiallarini ochganlik uchun hamda pandemiya davrida Rossiyada boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari foydasi uchun qilingan ishlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Volodin, oʻz navbatida, Rossiyaga kelayotgan migrantlarga taalluqli qonunchilikni oʻrganish zarurligini xususida fikr bildirdi. Davlat dumasi raisning soʻzlariga koʻra, rus tilini oʻrganish masalalari birinchi navbatdagi boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala