Jamiyat

COVID-19 ga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani onlayn olish mumkin

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtish Vaktsinatsiya ot COVID-19
 Vaktsinatsiya ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) yangi xizmatni yoʻlga qoʻydi.
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. COVID-19 ga qarshi emlangan Oʻzbekiston aholisi endilikda bu haqdagi maʼlumotnomani onlayn - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali olishlari mumkin.
YAIDXPda roʻyxatdan oʻtish, “COVID-19 ga vaktsinatsiyalash holatini tekshirish” xizmatini tanlash va tekshirish tugmasini bosish zarur.
“Yaqin kunlarda mazkur yoʻnalishda yangi xizmatlarni kutib qoling”, - deyilgan portal xabarida.
Oʻzbekistonda 1 apreldan aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Aholi “AstraZeneca” va “ZF-UZ-VAC2001” vaktsinalari bilan emlanmoqda. Shuningdek, “Sputnik V” vaktsinasining 1 million dozasini xarid qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
14 aprel holatiga koʻra mamlakatda koronavirus qarshi jami 300 854 kishi emlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala