Siyosat

YEI - Markaziy Osiyo dialogiga Afgʻoniston ham qoʻshildi

© SputnikFlag Afganistana
Flag Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo dialogida Afgʻonistonga pandemiyaning ogʻir sharoitida xalqaro yordamning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashildi.
TOSHKENT, 16 apr – Sputnik. Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakillari ishtirokidagi onlayn-konferentsiya boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda TIV axborot xizmati.
15-aprel kuni boʻlib oʻtgan tadbirda Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev ham qatnashdi.
YEI vakillari Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyodagi xavfsizlik kontseptsiyasi qoʻshni Afgʻonistondagi xavfsizlik bilan oʻzaro bogʻliqligi, shuningdek, Afgʻoniston Markaziy Osiyo mintaqasining ajralmas qismi boʻlib qolishi haqidagi Toshkent konferentsiyasida ilgari surgan fikrlarini alohida taʼkidladilar.
Konferentsiya ishtirokchilari mintaqaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo dialogiga Afgʻonistonning qoʻshilishini qoʻllab-quvvatlashdi.
Videokonferentsiya davomida Afgʻoniston inqirozini tinch yoʻl bilan hal etish, Afgʻonistonni mintaqaviy integratsiyaga faol jalb qilish, ushbu mamlakatni iqtisodiy tiklash va turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlar muhokama qilindi.
Shuningdek, pandemiyaning ogʻir sharoitida Afgʻonistonga xalqaro yordamning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ham atroflicha fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala