Dunyoda

“Qoʻrgʻoshinli zahar”: Qirgʻizistonda COVID bemorlari damlama bilan davolanmoqda

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov Smertelno opasnыm issыk-kulskim kornem xotyat lechit ot COVID
Smertelno opasnыm issыk-kulskim kornem xotyat lechit ot COVID

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
Qirgʻizistonda COVID-19 tashxisi qoʻyilgan 300 nafar bemor Issiqkoʻl ildizi damlamasi bilan davolandi.
TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Qirgʻizistonda koronavirusga chalingan bemorlar Issiqkoʻl ildizidan tayyorlanadigan damlama bilan davolanmoqda. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev bayonot berdi.
Mamlakat Sogʻliqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev matbuot anjumani paytida "uu korgoshuun" ("qoʻrgʻoshinli zahar") deb ataladigan ildizdan tayyorlangan damlamani ichdi. Vazir oʻz qarindoshlarini bu damlama bilan davolaganini aytdi.
Taʼkidlashicha, damlama barcha shifoxonalarda bemorlarga beriladi.
© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov Smertelno opasnыm issыk-kulskim kornem xotyat lechit ot COVID
Smertelno opasnыm issыk-kulskim kornem xotyat lechit ot COVID

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
Smertelno opasnыm issыk-kulskim kornem xotyat lechit ot COVID
Issiqkoʻl ildizidan foydalanish - shifokorlarning noroziligiga sabab boʻldi, ular bu oʻsimlik juda zaharli ekanligini ogohlantirmoqda.
© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov Smertelno opasnыm issыk-kulskim kornem xotyat lechit ot COVID
Smertelno opasnыm issыk-kulskim kornem xotyat lechit ot COVID

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
Smertelno opasnыm issыk-kulskim kornem xotyat lechit ot COVID
Vazirlik bergan maʼlumotga koʻra, Qirgʻizistonda COVID-19 tashxisi qoʻyilgan 300 nafar bemor Issiqkoʻl ildizi damlamasi bilan davolandi.
© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov Smertelno opasnыm issыk-kulskim kornem xotyat lechit ot COVID
Smertelno opasnыm issыk-kulskim kornem xotyat lechit ot COVID

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
Smertelno opasnыm issыk-kulskim kornem xotyat lechit ot COVID
Bundan avval Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning Instagram sahifasida dastlabki bosqichda shifokorlar bir-ikki kun davomida koronavirusni davolash usulini topgani haqida post qoʻyildi. Damlanmani shisha idishlarga quyilishi aks etgan video ilova qilingan. Idishda - "Issiqkoʻl ildizi" va "zaharli qoʻrgʻoshin" yozuvi.
Issiqkoʻl ildizi - zaharli oʻsimlik. Shifokorlar tasdiqlangan protokollar asosida koronavirusni davolashni tavsiya etadilar.
2007-2018 yillarda Qirgʻiziston OAVlari Issiqkoʻl ildizi bilan zaharlanishdan koʻplab odamlar vafot etgani haqida xabarlar berilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala