Rossiya

Rossiyaga xorijdan kirib kelish qoidalari oʻzgartirildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishMediko-sanitarnaya chast aeroporta Domodedovo
Mediko-sanitarnaya chast aeroporta Domodedovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
Rossiya va YEOII davlatlari fuqarolari Rossiyaga kirib kelganidan soʻng qanday talablarni bajarishi kerakligi haqida maqolamizda tanishing.
TOSHKENT, 16 apr – Sputnik. Rossiyadan 15 apreldan boshlab xorijdan kirib kelayotgan fuqarolar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi. Bu haqida Rospotrebnadzor xabar qilmoqda.
15 apreldan boshlab Rossiya chegarasini har qanday transportda kesib oʻtgan fuqaro quyidagi talablarni bajarishi kerak:
Davlat xizmatlari sahifasida anketa toʻldirishi kerak;
Xorijdan qaytib kelganidan soʻng 3 kun ichida COVIDga PZR-test topshirishi kerak;
Test javobini belgilangan sahifaga yuborishi kerak;
Test javobi olinganiga qadar oʻz-oʻzini yakkalashi (uyda oʻtirishi) kerak.
Rossiyaga har qanday transportda kirib kelayotgan YEOII davlatlari (Armaniston, Belarus, Qirgʻiziston va Qozogʻiston) fuqarolari kirib kelishda "Puteshestvuyu bez COVID-19" dasturi orqali salbiy natijali PZR-test topshirganlarini tasdiqlashlari kerak boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston fuqarolari uchun Rossiya chegaralari hozircha ochilgani yoʻq. Rossiyaga kelish uchun qonunda belgilangan hujjatlarga ega boʻlishi (Rossiyada davolanish, Rossiya fuqarosi boʻlgan oila aʼzosi yoniga va ho kazo) va maxsus parvozlarga chipta olgan boʻlishi kerak. Parvozdan uch kun oldin PZR-test topshirishi kerak.
Bugungi kunda “Moskva-Toshkent-Moskva” yoʻnalishida har yakshanba kunlari Rossiyaning aeroflot kompaniyasi hamda “Toshkent – Moskva – Toshkent” har shanba kunlari UzAirways samolyotlari parvoz qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala