MDH davlatlari ziyolilari va san’at vakillari Toshkentda to‘planishadi - Madaniyat vazirligi

© Ispolnitelniy komitet SNGFlagi stran SNG
Flagi stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Shu yilning kuzida Toshkentda MDHga a’zo davlatlar ziyolilari va ijod ahli ishtirokidagi XV forum bo‘lib o‘tadi, unda olimlar, madaniyat, san’at va ta’lim sohalari xodimlari ishtirok etadi.
Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bu haqda vazirlikda bo‘lib o‘tgan Gumanitar hamkorlik Kengashi va Gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo jamg‘armasining MDH ga a’zo davlatlar vakillari o‘rtasidagi onlayn-qo‘shma majlisida ma’lum qilingan.
Tadbirda O‘zbekiston tomonidan Madaniyat vaziri o‘rinbosari Olimjon Mirzayev ishtirok etdi.
Vistavka INNOPROM. Bolshaya promishlennaya nedelya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
"Innoprom" yakunlari: Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari necha pullik shartnomalar imzolashdi?
MDH ga a’zo davlatlarning o‘zaro hamkorlik masalalari muhokamasi jarayonida jumladan, pandemiya sharoitida fond faoliyati haqida fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘tgan yildagi murakkab vaziyat tufayli 83ta rejalashtirilgan loyihalardan Fond atigi 21tasini amalga oshira olgan.
Tadbirda MDHga a’zo davlatlarning madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro ta’sirining boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilingan. 2022-yilda amalga oshiriladigan davlatlararo loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.
Qator loyihalar MDHda Xalq ijodiyoti va madaniy merosi, arxitektura va qurilish yiliga bag‘ishlanadi.
Keyingi yig‘ilish iyul oyida o‘tkazilishi belgilangan. Uchrashuv formati epidemiologik vaziyatga bog‘liq bo‘lishi qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0