Rossiya

Rossiya 2025 yildan Xalqaro kosmik stantsiya loyihasidan chiqadi

© Press-slujba Roskosmosa / Fotobankka oʻtishRoskosmos predstavil pervыe fotografii rekordnogo vыxoda v otkrыtыy kosmos kosmonavtov A. Misurkina i A. Shkaplerova
Roskosmos predstavil pervыe fotografii rekordnogo vыxoda v otkrыtыy kosmos kosmonavtov A. Misurkina i A. Shkaplerova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2021
Maʼlum qilinishicha, Rossiya oʻzining milliy kosmik stantsiyasini yaratishni rejalashtirmoqda.
TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiya toʻrt yildan keyin Xalqaro kosmik stantsiya (XKS) loyihasidan chiqadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
“Ularni (xalqaro hamkorlarni – tahr.) 2025 yildan XKSdan chiqish haqida ogohlashtirish toʻgʻri ish”, - dedi “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Yuriy Borisov.
Rossiyaning Xalqaro kosmik stantsiya loyihasida ishtirok etishda davom etishi maqsadga muvofiqligi masalasi 12 aprel kuni prezident Vladimir Putin rahbarligida kosmosga bagʻishlangan yigʻilishda muhokama qilingan.
Pusk RN Soyuz-2.1b s razgonnыm blokom Fregat s kosmodroma Vostochnыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Jamiyat
Rossiya-Oʻzbekiston: kosmosda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitim tayyor
“Rossiya oʻzining milliy kosmik stantsiyasini yaratishni rejalashtirmoqda. XKS juda eskirdi, va hukumat chet ellik hamkorlar bilan ilgariroq bu haqda gaplashishni taklif qilmoqda”, - deyilgan xabarda.
XKS loyihasida 14 mamlakat qatnashadi, ularning beshtasi – Rossiya, AQSH, Kanada, Yaponiya va Yevropa kosmik agentligi asosiy sanaladi. Stantsiyani qurish 1998 yilda boshlangan, birinchi doimiy ekspeditsiya 2000 yildan ishga tushgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala