Dunyoda

“Ehtimol, Oʻzbekistonga 50 emas, balki 20 gektar yer beramiz” - Tashiyev

© SputnikPredsedatel GKNB Kamchыbek Tashiyev vo vremya vstrechi s jitelyami Kara-Suuyskogo rayona
Predsedatel GKNB Kamchыbek Tashiyev vo vremya vstrechi s jitelyami Kara-Suuyskogo rayona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Oʻzbekistonga Kampirobod suv ombori atrofidagi 50 gektar yer berilishiga qarshi miting oʻtkazilmoqda.
TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Qirgʻizistonning Qora-Suv tumanida Savay qishloq okrugi aholisi 14 apreldan beri Kampirobod suv ombori atrofidagi 50 gektar yerni Oʻzbekistonga berilishiga qarshi miting oʻtkazmoqda. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.
Miting joyida mingga yaqin kishi toʻplandi. Ular bilan yigʻilish oʻtkazish maqsadida u yerga Qirgʻiziston milliy xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyev yetib keldi.
Tashiyev Kampirobod suv ombori haqida gapirganda, Oʻzbekiston tomoni bilan yerlarni almashtirish toʻgʻrisidagi kelishuv xususida toʻxtaldi.
Pogranichnik na smotrovoy vыshke. Granitsa Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Jamiyat
Oʻzbek-qirgʻiz chegarasi masalasi 100 foizga hal qilindi, bahsli hududlar yoʻq – Tashiyev
U Oʻzbekiston bilan kelishuv "juda foydali va qulay" ekanligini taʼkidladi. Mahalliy aholi bunga javoban protokolni bekor qilish (denonsatsiya) va suv ombori yonidagi yerni bermaslik kerak, deb aytishdi. Ammo MXDQ rahbari buning iloji yoʻqligi, chunki protokol doirasida boshqa muammolar ham hal qilinmoqda, deb taʼkidladi.
"Suv ombori yonidagi yerlarni hisobga olgan holda biz 4,4 ming gektar maydonni beramiz va uning oʻrniga 5,1 ming gektarni olamiz. Agar hozir hal qilmasak, keyingi avlodda muammolar boʻladi. Suv ombori toʻgʻoni yonida 50 gektar yer bor, Oʻzbekiston tomoni bu uchastkani soʻragan. Uning evaziga xuddi shu miqdordagi yer berishadi. Bitimda nima yoziladi? Mahalliy aholi suvdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Ular chorva mollariga suv berish, baliq ovlash, nasos yordamida suv olishi mumkin. Yaʼni cheklovlar boʻlmaydi. Uni toʻldirish uchun suv resurslarini birgalikda boshqarish kerak, suv bizning qishloqlarga kanallar orqali kirib borishi uchun 900-gorizontaldan yuqori boʻlmasligi kerak", - deb tushuntirdi Tashiyev.
Mahalliy aholining eʼtirozidan soʻng Tashiyev yana bir taklif bildirdi.

"Oʻylaymanki, boshqacha qilish mumkin - ular toʻsib qoʻygan 20 gektar yerni almashtirish. 50 emas, balki 20 gektar",

Kamchыbek Tashiyev - Sputnik Oʻzbekiston
Qamchibek Tashiyev
Qirgʻiziston milliy xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi
Aktsiyada ishtirok etgan kishilar Oʻzbekiston bunday shartlarga rozi boʻlmasligi mumkin, deb javob berishdi. Tashiyev oʻzbek tomonini ishontirish uchun barcha imkoniyatni ishga solishini aytdi.
Eslatib oʻtamiz, Tashiyev boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Toshkentda 23-25 ​​mart kunlari chegaralarni delimitatsiya qilish boʻyicha muzokaralar olib borgan edi. Ikki tomon hududlarni almashtirish toʻgʻrisida protokol imzoladilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala