Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi vafot etdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov
Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
Obuna bo‘lish
Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi Malikguli Berdimuhamedov vafot etdi
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. 18-aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi Malikguli Berdimuhamedov 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakat davlat axborot agentligi xabar qildi.
Malikguli Berdimuhamedov 1932-yil 12-avgust kuni tug‘ilgan. Mehnat faoliyatining dastlabki yillarida u kutubxonachi va o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
Tarixchi mutaxassislik bo‘yicha Turkmaniston davlat universitetini, Ijtimoiy-siyosiy universitetning kechki bo‘limini va Orjonikidze shahridagi SSSR IIVning Oliy harbiy qo‘mondonlik maktabini tugatgan. U Razan malaka oshirish maktabida va Ichki ishlar vazirligining Kiyev oliy maktabida malaka oshirish kurslarida tahsil olgan.
Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov na axaltekinskom jerebse prinimayet uchastie v prazdnovanii Dnya loshadi v Ashxabade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2021
Turkmaniston prezidenti Poytaxt kuni tug‘ilgan chaqaloqlar uchun ismlar taklif qildi
1982 yilda podpolkovnik unvoni bilan iste’foga chiqqach, ko‘p yillar davomida u Turkmaniston SSR Ta’lim vazirligining tarkibiy bo‘linmalarida turli lavozimlarda ishlagan. Bundan tashqari, u turli yillarda Meva va sabzavot vazirligidagi ma’muriy-iqtisodiy bo‘limni boshqargan va fuqaro mudofaasi masalalarini boshqargan.
2012 yil fevralida Turkmaniston Majlisi (parlamenti) qarori bilan, poytaxtdagi 1001-sonli harbiy qismga Malikguli Berdimuhamedov nomi berilgan edi.
2017 yilda Malikguli Berdimuhamedov nomidagi medal ta’sis etilgan va shu yili davlat rahbari o‘z otasiga va uning IIVdagi faoliyatiga bag‘ishlangan “Mardlar Vatanni ulug‘laydi” kitobini taqdim etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0