Hafta o‘rtasida yomg‘ir yog‘adi – O‘zgidromet

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishDojd
Dojd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
Obuna bo‘lish
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 20-21 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel kelishi xavfi bor.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. 20-21 aprelda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari, so‘ng Ural hududlaridan deyarli sovuq antisiklon kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qilmoqda.
20 aprel kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 12-17° iliq, kunduzi 17-22° iliq atrofida bo‘ladi.
21 aprel kuni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Kunduzgi havo harorati 13-18° iliqgacha pasayadi.
Respublikaning ayrim tumanlarida 20-21 aprelda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 20-21 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel kelishi xavfi bor.
Ish haftasining ikkinchi yarmida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi.
22 aprel kuni harorat kechalari 3-8° iliqgacha pasayadi, kunduz kungi harorat esa asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va kunduzi havo 17-20° iliqgacha isiydi. 23-aprel kuni esa 22-25° iliqgacha ko‘tariladi.
Yangiliklar lentasi
0