Shu hafta Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning yangi elchisidan ishonch yorlig‘ini qabul qiladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishOleg Malginov
Oleg Malginov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaning yangi elchisi Oleg Malginov shu hafta O‘zbekiston prezidentiga ishonch yorlig‘ini topshirishi kutilmoqda.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Shu hafta mobaynida prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning yangi elchisi Oleg Malginovdan ishonch yorlig‘ini qabul qiladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov (sleva) i Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol Rossii v RUz Oleg Malginov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi vazifalarini bajarishga kirishdi
Asadovning ma’lum qilishicha, bundan tashqari prezident Bangladesh, Chexiya, Misr, Iordaniya, Turkiya, Yevropa Ittifoqining yangi elchilaridan ham ishonch yorliqlarini qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiyaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Oleg Malginovdan ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib olgan edi.
Oleg Malginov joriy yil 5-mart kuni Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0