Jamiyat

Aholining 83 foizidan ziyodi Oʻzbekistonda korruptsiya bor deb hisoblaydi – soʻrov natijalari

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Soʻrov natijalariga koʻra, 83,2 foiz respondentlar korruptsiya Oʻzbekiston jamiyatida u yoki bu sohalarda mavjud deb hisoblaydi.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Aholining 83 foizidan ziyodi Oʻzbekistonda korruptsiya bor deb hisoblaydi. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan 2020 yilda oʻtkazilgan soʻrov natijalari shuni koʻrsatdi.
Soʻrov yuzma-yuz intervyu, telefon soʻrovi va Internet tarmogʻidagi miqdoriy soʻrovlar natijalarini qamrab olgan jamoatchilik fikri kompleks soʻrovi shaklida amalga oshirilgan.
Soʻrov natijalariga koʻra, 83,2 foiz respondentlar korruptsiya Oʻzbekiston jamiyatida u yoki bu sohalarda mavjud deb hisoblaydi.
© “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markaziAholining 83 foizidan ziyodi Oʻzbekistonda korruptsiya bor deb hisoblaydi
Aholining 83 foizidan ziyodi Oʻzbekistonda korruptsiya bor deb hisoblaydi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Aholining 83 foizidan ziyodi Oʻzbekistonda korruptsiya bor deb hisoblaydi
Hududiy kesimda korruptsiya mamlakatda maʼlum darajada mavjudligini anglab yetgan fuqarolarning foizi Surxondaryo, Xorazm, Andijon, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida oʻrtacha koʻrsatkichlardan yuqori.
Shahar aholisi vakillari qishloq aholisi bilan solishtirilganda Oʻzbekiston jamiyatida korruptsiya mavjudligini koʻproq qayd etishdi. Ushbu savolga ijobiy javob bergan erkaklarning foizi (tegishli ravishda 87,6 foiz va 80,2 foiz) ayollar foizidan yuqori.
Yosh kesimida 18 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan yoshlar va (70 yoshdan oshgan) katta yoshlilar vakillari orasida jamiyatda korruptsiya mavjud deb hisoblaydiganlarning foizi boshqa yosh toifalari fuqarolariga nisbatan yuqori.
Soʻrov ishtirokchilarining taʼkidlashicha, taʼlim tizimi (38,4 foiz), sogʻliqni saqlash sohasi (35,3 foiz) va ishga joylashishda (22,6 foiz) poraxoʻrlik keng tarqalgan.
Mansabdor shaxslarning qancha qismi korruptsiyaga mubtalo boʻlgan degan savolga ishtirokchilarning 38,7 foizi ayrim vakillari, 32,4 foizi deyarli har ikkinchisi, 17,2 foizi esa katta qismi deb javob bergan.
Kompleks tadqiqot natijalariga koʻra, korruptsiyaga koʻplab omillar sabab boʻladi va soʻrovning 26,9 foiz ishtirokchilari quyidagilarni asosiylaridan biri deb hisoblaydi.
ijro etuvchi hokimiyatning qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlari oldidagi masʼuliyatsizligi;
koʻplab byurokratik tartibotlarning mavjudligi;
ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish uchun taqiqlar;
fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan mansabdor shaxslar faoliyati ustidan tegishli nazoratning yoʻqligi.
Soʻrov natijalarining koʻrsatishicha, fuqarolar jinoiy javobgarlik va jazo choralarini kuchaytirishni korruptsiyaga qarshi kurashishning eng samarali chorasi deb hisoblashadi.
Soʻrov
Sizningcha, korruptsiyani ildizi bilan quritish uchun nima qilish kerak?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala