Jamiyat

Koronavirus aniqlangan 3ta OTM onlayn taʼlimga oʻtdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishPodrostok za kompyuterom
Podrostok za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
JIDU, ToshDOʻTAU va SamISI oliygohlari talabalar va oʻqituvchilar orasida koronavirus holatlari tarqalishini oldini olish maqsadida 14 kunlik onlayn taʼlim shakliga oʻtishdi.
TOSHKENT, 20 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus aniqlangan 3ta loiy taʼlim maskani onlayn taʼlim shakliga oʻtdi. Bu haqida oliygohlar axborot xizmati maʼlum qilidi.
Xususan, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti 19 apreldan boshlab 14 kunlik onlayn taʼlim shakliga oʻtdi. Bunga sabab oʻtgan haftada "baʼzi kam sonli talabalar orasidan koronavirus infektsiyasi qayd etilgani" boʻlgan.
Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat Oʻzbek tili va Adabiyoti universiteti ham 19 apreldan boshlab masofaviy taʼlimga oʻtgan.
Undan tashqari Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti oʻqituvchilari va talabalari orasida COVID-19ga chalinish holatlari aniqlangani sababli 20 apreldan boshlab masofaviy taʼlimga oʻtgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala