Jamiyat

Oʻzbekiston aholisi 35 millionga yaqinlashmoqda

© Sputnik / StringerPrazdnovaniye Navruza v Tashkente
Prazdnovaniye Navruza v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Respublikada yanvar-mart oylarida 179,8 mingta tugʻilish qayd etilgan.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. 2021 yilning 1 aprel holatiga koʻra, Oʻzbekiston aholisi 34,7 million kishini tashkil etmoqda. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.
Jami aholining 17,2 million nafarini ayollar, 17,5 millionini esa erkaklar tashkil qilmoqda, yaʼni erkaklar ayollardan 300 ming nafarga koʻproq.
Aholining 17,6 millioni shaharlarda, 17,1 million kishi qishloq joylarda istiqomat qiladi.
Yanvar-mart oylarida 179,8 mingta tugʻilish, 39,6 mingta oʻlim qayd etilgan. Shu davr mobaynida 59,9 mingta nikoh, 9,4 mingta ajrashish holatlari roʻyxatga olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala