Dunyoda

Quyoshda “noyob” chaqnash yuz berdi. Magnit boʻroni boʻlishi kutilyapti

© NASA's Marshall Space Flight CenterVspыshki na Solntse, arxivnoye foto
Vspыshki na Solntse, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Olimlar quyoshda "noyob" chaqnash yuz bergani xabar berishdi
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Oʻtgan tunda Quyoshda oʻrta sinf darajasidagi chaqnash yuz berdi, deb xabar qildi Fanlar akademiyasi Fizika instituti Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasi olimlari.
Xabar berishicha, Amerikaning GOES-16 sunʼiy yoʻldoshidan olingan maʼlumotlar asosida, Moskva vaqti bilan soat 2.19 dan 2.59 gacha, "M" sinfidagi chaqnash qayd etildi. Chaqnash faollik indeksi yashildan sariq darajasigacha koʻtarildi.
Laboratoriya rahbari Sergey Kuzinga koʻra, chaqnash xavfli emas, ammo ikki yoki uch kundan keyin u Yer magnetosferasida magnit boʻronini keltirib chiqarishi mumkin.
"Biz uchun bu chaqnash noyob, chunki biz Quyosh faolligining juda past darajasiga tushib qoldik, yaqinda toʻrt yoki beshta bunday chaqnash sodir boʻldi. Yerga taʼsir nuqtai nazaridan hech qanday gʻayrioddiy narsa boʻlmaydi, maksimal - kichik magnit boʻroni", deydi Kuzin.
Uning taʼkidlashicha, quyoshning maksimal faolligi davrida bunday chaqnash bir kundan soʻng sodir boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala