Jamiyat

"Uzbekistan airways" va "Uzbekistan airports" transformatsiya qilinadi

© Sputnik / Marina Lыstseva / Fotobankka oʻtishBoing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Mahalliy aviaqatnovlar soni haftasiga hozirgi 17 tadan 49 tagacha oshiriladi.
TOSHKENT, 20 apr - Sputnik. “Uzbekistan airways” kompaniyasi va uning tarkibidagi tashkilotlarda ish oʻrinlarini optimallashtirish, foydalanilmayotgan 12 ta samolyotni tasarrufdan chiqarish, aviachiptalarni xorijda sotish boʻyicha agentlar komissiyasi foizini tushirish moʻljallanmoqda.
Passajir derjit posadochnыe talonы na samolet kompanii Air Berlin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Jamiyat
“Uzbekistan Airways” Moskvaga chipta narxi necha puldan oshmasligini maʼlum qildi
""Uzbekistan airways" xarajatlari 46,5 mln dollarga qisqartiriladi, foydalanilmayotgan 12 ta samolyot tasarrufdan chiqariladi, aviachiptalarni xorijda sotish boʻyicha agentlar komissiyasi foizi tushiriladi, daromadlar yiliga 40 mln dollarga koʻpaytiriladi. Talab kam boʻlgan yoʻnalishlarda biznes klass bekor qilinib, oʻrindiqlar soni koʻpaytiriladi. 4 ta A-320 samolyotida loukoster, yaʼni arzon qatnovlar tashkil etiladi", - deyiladi xabarda.
Mahalliy aviaqatnovlar soni haftasiga hozirgi 17 tadan 49 tagacha oshiriladi.
“Uzbekistan airports” tarkibidagi 11 ta aeroport yagona boshqaruv organi tasarrufida birlashtiriladi. Xarajatlari 32 foizdan 15 foizga tushiriladi, xaridlari optimallashtiriladi, aeroport xizmatlari uchun yigʻimlar 27 foizga, jumladan, ziyorat turizmi doirasida 50 foizgacha kamaytiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala