Jamiyat

Bugungi kunda muvaffaqiyatli karyera uchun qanday sifatlar kerak

© Sputnik / Mixail Mordasov / Fotobankka oʻtishRabota otdela kadrov
Rabota otdela kadrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Ish beruvchilar yangi xodimning olgan bilimlaridan koʻra, uning yangi bilimlarni qanchalik tez oʻzlashtirishini hamda yangi sharoitga qanchalik tez moslashuv qobiliyatini yuqori baholashi maʼlum boʻlgan.
TOSHKENT, 21 apr —Sputnik. Moskva shahar pedagogika universiteti olimlari ish beruvchilar bitiruvchilardan qanday koʻnikmalarni kutayotganini oʻrganib chiqishdi.
Olimlar muvaffaqiyatli karyera va yetarli miqdorda maosh olish uchun bevosita mutaxassislikdan tashqari bir qator psixiologik hamda boshqa metapredmet yondashuv xususiyatlari kerakligini aniqlashdi.
Xususan, mustaqil ravishda biror axborotni qidirib topish, uni tahlil qilish, xulosa chiqarish va uni yozma yoki prezentatsiya koʻrinishida namoyish etish. Ushbu xususiyat oʻz oʻrnini tezroq topishda yordam berishi mumkin.
Ikkinchidan - metapredmet yondashuv. Bunda nomzod olingan bilimlaridan foydalanish koʻnikmalari, yangi bilimlarni oʻzlashtirish va ulardan samarali foydalanish xususiyati.
Uchinchidan, yangi sharoitda, kollektiv bilan tez til topishi, stressga chidamlilik va kollektivda oʻz oʻrnini topish xususiyatlari kiradi.
Asosiy xulosa shundan iboratki, bugungi kunda ish beruvchilar yangi xodimning nafaqat olgan bilimlarini, balkim yangi bilimlarni qanchalik tez oʻzlashtirishini hamda yangi sharoitga qanchalik tez moslashuvi va muvofiq harakat qilishini yuqoriroq baholashi maʼlum boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala