Jamiyat

Xivada noanʼanaviy koʻrinishdagi qadimiy quduq topildi

© Akademiya nauk RUzV Xive vo vremya remonta natknulis na drevniy kolodets
V Xive vo vremya remonta natknulis na drevniy kolodets - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
“Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasida qadimiy quduq topildi. U taxminan bundan 100-150 yil oldin qurilgan.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Xiva shahrining “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasida qadimiy quduq topildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Quduqqa qoʻriqxona hududida taʼmirlash ishlari vaqtida duch kelingan. Uning noanʼanaviy koʻrinishi turli xil farazlarga sabab boʻlmoqda.
Chunki bu quduq boshqa suv quduqlari kabi pastdan tepaga torayib ketmasdan uning barcha qismida diametri bir xil yaʼni, 2,6 metrni tashkil qiladi. Chuqurligi 5,6 metrga teng.
V Surxandarye nayden piщevoy sklad Kushanskoy imperii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2020
Jamiyat
Shov-shuvlarga sabab boʻlgan Surxondaryodagi topilma haqida maʼlumot berildi
Qadimgi anʼanaga koʻra, quduqning asosi, yaʼni poydevor qismiga Xorazm sharoitida koʻp uchraydigan daraxt, tut yoki gujumdan yogʻoch poydevor oʻrnatilgan. Yogʻochning qalinligi 16 sm atrofida. Quduq devorlariga 25x25x6 sm oʻlchamdagi pishgan gʻisht nozik did bilan terilgan. Gʻishtlar yuzasida rombsimon belgilar mavjud.
Quduq taxminan bundan 100-150 yil oldin qurilgani taxmin qilinmoqda.
Hozir olimlar mazkur quduqdan aynan nima maqsadda foydalanilganligini ilmiy jihatdan oʻrganmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala