Iqtisod

MB oʻzbekistonliklarni ayrim oziq-ovqat narxlari sezilarli oʻsishi ehtimolidan ogohlantirdi

© Depositphotos / eldarnurkovicPokupatelnitsa v maske i perchatkax v produktovom magazine
Pokupatelnitsa v maske i perchatkax v produktovom magazine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. Markaziy bank Oʻzbekiston aholisini ayrim turdagi asosiy oziq-ovqat narxlarining ehtimoliy sezilarli oʻsishidan ogohlantirdi.
Taʼkidlanishicha, bu hosildorlikning kam boʻlganligi va ayrim davlatlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga nisbatan kiritilayotgan cheklovlar taʼsirida tashqi bozorlardagi narxlarning oʻsishi bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarni import qilishda kontsentratsiya darajasi va ichki ishlab chiqarishda tannarx xarajatlarining nisbatan yuqoriligi bilan izohlanadi.
Bank bozorda narxlar barqarorligini taʼminlashda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlash boʻyicha yagona davlat strategiyasi, import bozorlarini diversifikatsiya qilish, importda kontsentratsiyalashuv darajasini pasaytirish va transport xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan islohotlar oʻzining ijobiy natijasini berishini qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala