Migrantlar koronavirusga qarshi emlanishi mumkin – Moskva muftiysi

© SputnikAlbir Krganov
Albir Krganov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
Obuna bo‘lish
Migrantlar koronavirusga qarshi emlanish imkoniyatiga ega - Albir Krganov.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Rossiyada qonuniy migrantlar koronavirusga qarshi emlanish imkoniyatiga ega va buni amalga oshirishi kerak, dedi Rossiya musulmonlar kengashi rahbari, Moskva muftiysi Albir Krganov. RIA Novosti xabariga asosan.
Avvalroq, Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko MDH davlatlari mehnat migratsiyasining avvalgi hajmini tiklashga tayyorgarlik ko‘rish, bu jarayon sanitariya talablarini hisobga olgan holda amalga oshirish zarur deb aytgan edi.
Krganovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat asta-sekin normal holatga kelmoqda, odamlar emlanmoqda, Rossiyada qonuniy migrantlar sonini tiklash haqida o‘ylash kerak.

"Biz migrantlarni - mamlakatga kelayotganlarni ham, Rossiyada bo‘lganlarni ham emlanishga chaqiramiz. Rossiyada qonuniy migrantlarni emlash bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q. Ular emlanmoqda. Migrantlar, ayniqsa xizmat ko‘rsatish sohasida - oziq-ovqat yetkazib berish, taksida ishlayotganlar emlanishidan hamma manfaatdor ", - dedi Krganov.

Predsedatel Duxovnogo upravleniya musulman Moskvi i Sentralnogo regiona, zamestitel predsedatelya Koordinatsionnogo soveta po protivodeystviyu terrorizmu pri Obshestvennoy palate RF Albir Krganov - Sputnik O‘zbekiston
Albir Krganov
Rossiya musulmonlar kengashi rahbari
Avvalroq u migrantlar o‘z huquqiy maqomini tartibga solishga chaqirgandi va "buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan" deb ta’kidlagandi.
"Rossiya musulmonlar kengashi, loyihamiz doirasida - Migrantlarni huquqiy muhofaza qilish va madaniy adaptatsiyasi markazi - ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib bormoqdamiz - doimiy ravishda migratsiya ro‘yxatidan o‘tish kerakligi va buning uchun nima qilish kerakligi haqida aytamiz: hujjatlarni taqdim etib, ularni qanday to‘ldirish kerakligini tushuntiramiz. Ayni vaqtda markazda o‘z huquqiy maqomini tartibga keltirmoqchi bo‘lgan bir necha ming migrant bilan muloqot qilinmoqda. Biz ularga yordam qo‘lini cho‘zishimiz kerak", - deb tushuntirdi muftiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, legallashtirish yo‘lidagi muammolardan biri - bu bozorda faoliyat yuritadigan firibgarlar. "Bundan migrantlarni to‘sish kerak. Bu migrantlar uchun ham, rossiyaliklar uchun ham yaxshi", - deb xulosa qildi Krganov.
Aprel oyi boshida koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab RF ish beruvchilar uchun COVID-19ga qarshi emlashni majbur qilishni rejalashtirmaganligini ma’lum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0