Migratsiya

Quruvchi-migrantlar reyestrini yaratish taklif etildi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishRabochiye na stroitelnoy ploщadke, illyustrativnoye foto
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Rossiya qurilish maydonlarida ishlayotgan migrantlar uchun kadrlar reyestrini yaratish taklif etildi.
TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. Rossiyaning qurilish maydonlarida ishlayotgan migrantlar uchun kadrlar reyestrini yaratish taklif etildi.
Quruvchilar milliy uyushmasi (NOSTROY) prezidenti Anton Glushkovning soʻzlariga koʻra, bu mehnat migrantlariga koʻproq kafolatlar beradi.
"Bunday reyestrni yaratish migrantlarni soliqqa tortish masalalarini soddalashtirish, ularga oʻz vaqtida haq toʻlash kafolatlarini taʼminlash va mehnat muhofazasini taʼminlashga imkon beradi", - dedi Glushkov.
U Rossiya hududida ishlash uchun barcha migrantlar rus tilini bilish boʻyicha imtihon topshirish, patent olish va shuningdek, tibbiy maʼlumotnomalarni taqdim etishi kerakligini eslatdi.
"Biz Rossiyaga kirib kelayotgan chet elliklarni mehnat kadrlar reyestriga kiritish uchun ariza berishni talabini taklif qilamiz", - dedi NOSTROY rahbari.
Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD Rossii general-leytenant politsii Valentina Kazakova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Migratsiya
Migrantlar "soyadan chiqishga” qoʻrqmasligi kerak - Kazakova
Ayni damda NOSTROY qurilish sohasidagi mehnat kadrlarining reyestrini yuritish vazifasini oʻz zimmasiga olish, barcha kerakli idoralararo bilan birga yoʻlga qoʻyishni taʼminlash, Shu jumladan, davlat xizmatlari portali tizimiga toʻliq integratsiya qilish va Ichki ishlar vazirligi organlarini axborot bilan taʼminlashga tayyor.
Uyushma prezidenti taʼkidlashicha, bunday reyestr qurilish kompaniyalariga migrant ushbu obʼyektda ishlashni tugatganligi yoki hali tugamaganligi toʻgʻrisida tezkor maʼlumot olish imkoniyatini beradi.
Bunday reyestr yangi qurilish maydonchalarga mehnat resurslarini izlashni sezilarli darajada osonlashtiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala