Dunyoda

Qirgʻizistonda qoʻyning yangi goʻshtbop zoti yetishtirildi. Vazni 180 kg, narxi 50 ming $

© Press-slujba ministerstva selskogo, vodnogo xozyaystva i razvitiya regionovNovuyu porodu ovets vыveli i zaregistrirovali v Kыrgыzstane
Novuyu porodu ovets vыveli i zaregistrirovali v Kыrgыzstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2021
Qirgʻizistonda selektsiya yoʻli bilan qoʻyning yangi zoti yaratildi va roʻyxatga olindi.
TOSHKENT, 23 apr — Sputnik. Qirgʻizistonda selektsiya yoʻli bilan qoʻyning yangi zoti yaratildi va roʻyxatga olindi. Katta qoʻyning vazni 180 kilogrammga yetadi. Bu haqda Qishloq, suv xoʻjaligi va mintaqaviy rivojlanish vaziri Asqarbek Janibekov Sputnik Qirgʻiziston multimedia matbuot markazida boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi.
Unga koʻra, 15 aprel kuni yangi qoʻy zoti "Arashan" nomi bilan roʻyxatga olindi. 1997 yildan buyon selektsionerlar ish olib borishdi.
© Press-slujba ministerstva selskogo, vodnogo xozyaystva i razvitiya regionov KRNovuyu porodu ovets vыveli i zaregistrirovali v Kыrgыzstane
Novuyu porodu ovets vыveli i zaregistrirovali v Kыrgыzstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2021
Novuyu porodu ovets vыveli i zaregistrirovali v Kыrgыzstane
"Mahsuldorlik koʻrsatkichlari juda yuqori. 6-7 oyda qoʻzilarning vazni 55-60, bir yoshda 75-80, katta qoʻchqorlar 175-180 kilogrammga yetadi. Bu fermerlarimiz uchun qoʻychilikdan daromadni oshirish uchun yaxshi imkoniyat", - dedi vazir.
Vazir zotga ichki va tashqi bozorda talab katta ekanligini taʼkidladi. Hozir jami 5 850 bosh "toza zot" mavjud, ularning soni kamligi sababli narx yuqori.
"Toʻrt besh oylik qoʻzichoqning narxi ming dollarni tashkil etadi. Narxi 50 ming dollarga etadigan qoʻchqorlar ham bor. Oʻrtacha nasldor qoʻchqor - 10 mingdan va undan ortiq. Qozogʻiston va Rossiyadan buyurtmalar koʻp. Allaqachon bu zotli qoʻylar sotilmoqda", dedi Qishloq xoʻjaligi vazirligi rahbari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala