Dunyoda

OAV: AQShda noroziliklarni bostirish uchun qiruvchilardan foydalanishmoqchi boʻlishgan

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishSotrudniki politsii vo vremya aktsii protesta storonnikov deystvuyuщego prezidenta SSHA Donalda Trampa u zdaniya kongressa v Vashingtone
Sotrudniki politsii vo vremya aktsii protesta storonnikov deystvuyuщego prezidenta SSHA Donalda Trampa u zdaniya kongressa v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2021
Qayd etilishicha, xuddi shunday usul shu vaqtgacha Iroq va Afgʻonistondagi jangovar harakat zonalarida foydalanilgan.
TOSHKENT, 24 apr – Sputnik. OAV: AQShda noroziliklarni bostirish uchun qiruvchilardan foydalanmoqchi boʻlgan
AQSH Milliy gvardiyasi koronavirusga boʻyicha kiritilgan cheklovlar tufayli yuz berishi mumkin boʻlgan ehtimoliy tartibsizliklar tufayli qiruvchidan foydalanish variantini ham koʻrib chiqqan. Bu haqda Los Angeles Times oʻz manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Oʻtgan yilning mart oyida gvardiya “ehtimoliy ichki missiya uchun” F-15C ni jangovar shay holatga keltirish boʻyicha buyruq olgan.
AQShdagi tartibsizliklar: amerikaliklar aybni Rossiyaga toʻnkashga harakat qilmoqda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2020
Video
Norozilik olovida: AQSH tartibsizliklarda Rossiyani ayblashga harakat qilmoqda
Olingan maʼlumotlarga koʻra, taxminiy operatsiya tafsilotlari aniqlashtirilmagan, qiruvchilardan norozichilar ustidan minimal balandlikda uchib oʻtib, ularni qoʻrqitish va tarqatib yuborish maqsadida foydalanishmoqchi boʻlishgan.
Qayd etilishicha, xuddi shunday usul shu vaqtgacha Iroq va Afgʻonistondagi jangovar zonalarda foydalanilgan.
"Bu buyruq bizning harbiylarimizni sharmanda qilgan boʻlar edi... Xuddiki biz tinch aholiga tahdid qilayotgandek”, - dedi manba.
Las-Vegas Donald Tramp tarafdorlari - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2020
Foto
Saylovdan soʻng AQShda norozilik namoyishlari boshlandi - foto
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, direktivalar rasmiy yozma buyruqlar tarzida emas, balki ogʻzaki yoki matn tarzida uzatilgan, bu esa harbiylar havotirini yanada oshirgan.
Shu bilan birga, Kaliforniya milliy gvardiyasi rahbari general-mayor Devid Boludinning rasmiy vakili podpolkovnik Jonatan Shiroma tartibsizliklarni bostirishda F-15C dan foydalanish rejasini rad etdi.
"Biz samolyotlarimizdan tinch aholini qoʻrqitish uchun foydalanmaymiz”, - deya izoh bergan u nashrga.
The Times manbalarining taʼkidlashicha, samolyotni qoʻllash toʻgʻrisida buyruq kelib tushmagani bilan, bu singari qarorning qabul qilinishi ehtimoli milliy gvardiyachilarni havotirga solgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala