Dunyoda

Jo Bayden armanlar genotsidini tan oldi

© REUTERS / JONATHAN ERNSTPrezident SSHA Djo Bayden
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
AQSH prezidenti Usmonlilar imperiyasi hukmronligi davrida armanlar genotsidi sodir boʻlganligini tan oldi
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. AQSH prezidenti Jo Bayden Usmonlilar imperiyasi hukmronligi davrida armanlar genotsidi sodir boʻlganligini tan oldi. Bu haqda Oq uy saytida eʼlon qilingan Amerika yetakchisining bayonotidan maʼlum boʻladi.
“Har yili shu kunda biz Usmonlilar imperiyasi davrida armanlar genotsidi oqibatida halok boʻlgan barchani xotirlaymiz va bunday yovuz ishlar takrorlanishining oldini olish majburiyatini olamiz", – deyiladi AQSH prezidenti bayonotida.
Bayden Amerika xalqi genotsid qurboniga aylangan barcha armanlar xotirasini hurmat qilishini qoʻshimcha qilgan.
Turkiya bilan munosabatlari yomonlashishidan hadiksiragan Jo Baydendan oldingi davlat rahbarlari oʻz bayonotlarida “genotsid” soʻzini ishlatishgan qochishgan. 2019 yilda AQSH Senati va Kongressining vakillar palatasi ilk bor armanlar genotsidini tan olish toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiyani qabul qilgan edi.

Turkiya munosabati

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chovushoʻgʻli Anqara Baydenning bu bayonotini toʻliq inkor etishini maʼlum qildi.
“Soʻzlar tarixni oʻzgartira yoki qayta yoza olmaydi. Bizning oʻtmishimiz toʻgʻrisida kimlardandir oʻrganadigan narsamiz yoʻq. Siyosiy opportunizm – tinchlik va adolatga eng katta xiyonat. Biz mutlaq populizmga asoslangan bu bayonotni butunlay inkor qilamiz”, – deb Turkiya avaziri Twitter᾽dagi sahifasida.
Turkiya TIVning rasmiy bayonotida bu bayonot Vashington va Anqara oʻrtasidagi munosabatlarga putur yetkazishi maʼlum qilingan.
Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin AQSH prezidenti Jo Baydenga Qoʻshma shtatlar tarixiga boqishini tavsiya qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala