Iqtisod

Gazli zavodining qator rahbarlari ishdan boʻshatildi

© UzneftegazSobraniye na zavode "Gazli" Buxarskoy oblasti
Sobraniye na zavode Gazli Buxarskoy oblasti  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Reja bajarilmagani, yoʻl qoʻyilgan talon-taroj va oʻgʻirliklar uchun Buxoroning Gazli zavodi rahbariyati yoppasiga ishdan boʻshatildi.
TOSHKENT, 26 apr – Sputnik. Buxorodagi Gazni qayta ishlash zavodida oʻtgan yilgi ishlab chiqarish rejasi bajarilmagani, oʻgʻirlik va talon-tarojga qoʻyilgani tufayli 18 nafar boʻlim boshliqlari ishdan boʻshatildi.
Bu haqida korxonada “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev rahbarligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda xabar qilindi.
Xususan, 2020 yilda rejadagi 5,029 mlrd. kub metr oʻrniga 4,2 mlrd. kub metr gaz ishlab chiqarilgan (85,1%)ni tashkil etdi.
Undan tashqari Gazlida koʻplab korxona mulkiga befarq boʻlish, talon-tarojliklar va mablagʻlarning nooʻrin va samarasiz ishlatish holatlari aniqlangan. Keraksiz va ortiqcha mahsulotlar sotib olish, mahsulotlarni notoʻgʻri saqlash oqibatida korxonaga ulkan moddiy zarar yetkazilgan.
Skvajina - prirodnыy gaz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Jamiyat
“Doyaxotin”: Buxoro viloyatidagi gaz quduqda burgʻilash ishlari tugatildi
Yigʻilishda shuningdek, 5 aprel kuni boʻlib oʻtgan oʻgʻirlik haqida xabar qilindi. Maʼlum boʻlishicha, choʻl hududida joylashgan “Mirkomil-Savatli” gaz konlaridagi diametri 326 mm boʻlgan gaz quvurining 6-7 kilometr oraligʻida qoʻl bola xomut qoʻyilib, 10x3 metr kattaligidagi selofandan tayyorlangan hovuz orqali jami 16,5 tonna va qiymati 90,8 mln soʻmlik mahsulot oʻgʻirlangan.
Korxonaning ushbu salbiy holatlarga yoʻl qoʻygan 18 nafar rahbari ishdan olindi. Ular orasida boshqarmasi direktori v.b., bosh muhandis, buxgalteriya boʻlimi boshligʻi, kadrlar boʻlimi boshligʻi, xaridlar boʻlimi boshligʻi, transport boʻlimi boshligʻi, taʼmirlash ishlari xizmati boshligʻi va yana bir necha tsexlar boshliqlari bor.
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan korxonaga yangi rahbar va uning oʻrinbosarlari tayinlandi. Shuningdek korxona oldiga gaz qazib chiqarish boʻyicha 2020 yil koʻrsatgichini 107,4 foizga oshirib bajarish vazifasi qoʻyildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala