Siyosat

Yusup Kabuljanov TIV matbuot kotibi etib tayinlandi

Yusup Kabuljanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Oʻzbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli boʻlib ishlagan Yusup Kabuljanov TIV matbuot kotibi va rasmiy vakili boʻldi
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Yusup Kabuljanov Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi, TIV matbuot kotibi va rasmiy vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Kabuljonov diplomatiya sohasida 2009 yildan buyon ishlaydi. U 2009-2016 yillarda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ikkinchi kotibi, birinchi kotibi, vazirlik huzuridagi “Jahon” axborot agentligi direktori oʻrinbosari boʻlgan.
Yusuf Kabuljonov 2016-2018 yillarda Tashqi ishlar vazirligi Madaniy-gumanitar aloqalar boshqarmasi boshligʻi, 2018-2021 yillarda Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) bosh konsuli sifatida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala