Siyosat

Davlat personallashtirish markaziga direktor tayinlandi

© Sputnik / Ilya PitalevPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Hukumat qarori bilan Ulugʻbek Toshxoʻjayev Davlat personallashtirish markazining direktori etib tayinlandi.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Ulugʻbek Toshxoʻjayev Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining direktori etib tayinlandi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori imzolandi.
U ushbu lavozimda fevral oyida ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan Najmiddin Toʻraxoʻjayevning oʻrnini egalladi.
Ulugʻbek Toshxoʻjayev bundan oldin Oʻzbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari sifatida ishlagan. U 2021 yil yanvar oyi oxirlarida boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala