Hodisalar

Gulistonda hokim oʻrinbosari pora bilan qoʻlga tushdi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimining oʻrinbosarini qoʻlga oldi.
Departament matbuot xizmati xabariga koʻra, fuqaro M. ariza bilan huquqni muhofa qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, “Chorvanasl” markazi yetakchi mutaxassisi M.X. unga kam taʼminlangan oilalar uchun “Yulduz” massivida qurilayotgan koʻp qavatli arzonlashtirilgan uy-joylardan xonadon oluvchilar roʻyxatiga kiritishni vaʼda qilgan. Bu ishni tuman hokimi oʻrinbosari orqali hal qilishini aytgan va evaziga 400 dollar soʻragan. Mutaxassis fuqarodan bu pullarni olayotgan vaqtda ushlangan.
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2021
Hodisalar
Prokuraturaga ishga joylashtirish uchun pora talab qilgan “hojatbarorlar” qoʻlga olindi
Shundan soʻng M.X.ning koʻrsatmalariga asosan tezkor tadbir davom ettirilgan. Unda Guliston tuman hokimi oʻrinbosari B.S. yuqoridagi masalada fuqaro M.ga yordam berish evaziga 400 dollarni mutaxassisdan olgan vaqtida qoʻlga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala