Surxondaryolik cho‘pon bir otar qo‘y bilan chegara zonasida yordamga muhtoj holatda qolmoqda

© Goskomturizm RUzBaysunskiy rayon Surxandarinskoy oblasti Uzbekistana
Baysunskiy rayon Surxandarinskoy oblasti Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Obuna bo‘lish
Azimov Baxriddin oxirgi marta 27-aprel kuni ertalab 7:00da aloqaga chiqib, Mamarajab degan hamrohi dom-darakasiz yo‘qolganini aytgan. Shundan keyin Baxriddin bilan aloqa uzilgan.
TOShKENT, 29 apr - Sputnik. Surxondaryolik Baxriddin Azimov chegara zonasida yordamga muhtoj holatda qolmoqda. Bu haqda erkakning qarindoshlari Sputnik muxbiriga ma’lum qilishdi.
Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, 1975-yil Surxandare viloyati Uzun tumanida tug‘ilgan Baxriddin Azimov 22-aprel kuni kechki payt o‘g‘li Azimov Erkin, jiyani Ganiyev Murod va Mamarajab bilan 1 otar qo‘yni olib Uzun tumani Loyliq qishlog‘idan Sariosiyo tumani Xurvatan qishlog‘i tog‘li zonasiga yo‘l olishgan.
25-aprel kuni To‘palang suv ombori chegarasidan Xurvatan tog‘ hududiga o‘tayotganda, safar tashvishlari bilan bo‘lib shoshilinchda asosiy oziq-ovqatlar solingan qop uyda unitib qoldirganini payqab qolishgan. Oziq-ovqat uchun o‘g‘li Erkin va jiyani Murodni Uzun tumaniga jo‘natgan.
Azimov Baxriddin oxirgi marta 27-aprel kuni ertalab 7:00da aloqaga chiqqan va Mamarajab degan hamroxi dom-darakasiz yo‘qkolganini aytgan. Shundan keyin Bahriddin bilan aloqa uzilgan.
Hozirda cho‘pon oziq-ovqatsiz qolmoqda.
Cho‘ponning qarindoshlari Surxondare viloyati Favqulodda vaziyatlar, Uzun va Sariosie tumani Ichki ishlar organlariga bu haqda xabar berishgan bo‘lsada, erkak haqida hali birorta xabar yo‘q.
27-28-aprel kunlari Ganiyev Murod bilan Azimov Erkin Xurvatan qishlog‘iga oziq-ovqat olib o‘tmoqchi bo‘lganida ularga tog‘li hududga kirishga ruxsat berilmagan. Oziq-ovqat olib borilgan taqdirda Xurvatan tog‘iga yetib olish uchun 3-4 kun vaqt ketishini aytgan cho‘pon qarindoshlari voqeaga mutasaddilar e’tibor qaratishlaridan umid qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0