Iqtisod

Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish kerak - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.05.2021
Shavkat Mirziyoyev 24ta tumanda qurilish materiallarini ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusini qoʻllab quvvatladi.
TOSHKENT, 1 may – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida boʻlib oʻtgan majlisda mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari muhokama m qilindi.
Majlisda qayd etilishiga koʻra, Oʻzbekistonda soʻnggi 3 yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravar oshgan boʻlsada, lekin ularning miqodri hali etiyojni toʻliq qoplayotgani yoʻq. Xususan, tsementga boʻlgan ehtiyoj — 86 %, qurilish oynasi — 69 %, keramik buyumlar — 40 %, gulqogʻoz — 30 %, lak-boʻyoq — 65 % taʼminlanmoqda.
Ushbu sohani rivojlantirish maqsadida, prezident Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 24 ta tumanni qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish taklifini qoʻllab-quvvatladi.
Ushbu hududlarda infratuzilmani yaxshilash uchun byudjetdan qoʻshimcha 400 milliard soʻm, geologiya ishlarini amalga oshirishga 100 milliard soʻm mablagʻ ajratiladigan boʻldi.
Batafsil quyida tanishing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala