Iqtisod

Facebook, Google, Apple Oʻzbekistonda qancha soliq toʻlaydi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishFacebook feysbuk logo
Facebook feysbuk logo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Oʻtgan yil, xususan, Facebook qariyb 6 milliard, Google 3,4 milliard, Apple 1,9 milliard soʻm soliq toʻlagan.
TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Elektron xizmat koʻrsatuvchi xorij kompaniyalari Oʻzbekiston davlat byudjetiga soliq toʻladi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
2020 yilda Facebook 5,9 milliard, Google 3,4 milliard, Apple 1,9 milliard, Netflix 190 million, Booking.com 181 million, Yandex 136 million soʻm miqdorida soliq toʻlagan.
2021 yil 1 chorakda mazkur kompaniyalar davlat byujdetiga 4,3 milliard soʻm soliq toʻlagan.
1 aprel holatiga jami 26 ta soliq toʻlovchi xorijiy kompaniya roʻyxatga olingan.
2020 yildan boshlab Oʻzbekiston hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlash tartibi joriy etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala