Iqtisod

Oʻzbekistonda tsement ishlab chiqarish hajmi oshdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishRabochiy demonstriruyet produktsiyu zavoda
Rabochiy demonstriruyet produktsiyu zavoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda joriy yilning 3 oyida yirik korxonalar tomonidan 2,2 mln tonna tsement ishlab chiqarilgan.
TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Oʻzbekistonda joriy yilning 3 oyida yirik korxonalar tomonidan 2,2 mln. tonna tsement ishlab chiqarilgan. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 14,1 % ga oshgan. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.
Bu koʻrsatkich:
- 2021 yilning yanvar oyida 559,3 ming tonna (oʻsish surʼati 7,3 %)
- 2021 yilning yanvar-fevral oylarida 1,3 mln. tonna (oʻsish surʼati 18,4 %) tashkil qildi.
Tsement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyatida 41 %, Toshkent viloyati 40,5 % hamda Fargʻona viloyati 9,6 % hissasiga toʻgʻri keldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala