Sport

Shomurodovning goli “Jenoa”ni magʻlubiyatdan qutqarib qololmadi

© Ofitsialnaya stranitsa FK "Djenoa" v FacebookEldor Shomurodov zabil v matche protiv "Latsio"
Eldor Shomurodov zabil v matche protiv Latsio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
81-daqiqada oʻzbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov oʻzining kuchli zarbasi bilan “Latsio” darvozabonini dogʻda qoldirdi
TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Futbol boʻyicha Italiya A Seriyaning 34-turida "Jenoa" "Latsio" qarshi bahs olib bordi.
Rimda kechgan bahsning birinchi boʻlimida “Latsio” oʻyinchilari ikki marta "Jenoa" darvozasini ishgʻol qildi.
Ikkinchi boʻlim avvalida "Jenoa” avtogol evaziga hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻlgan. Ammo keyingi 10 daqiqa ichida "Latsio" yana 2 ta gol urdi.
Oʻyin tugashi arafasida "Jenoa" qator hujumlar uyushtirdi, shulardan biridagol urdi. 81-daqiqada esa oʻzbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov oʻzining kuchli zarbasi bilan “Latsio” darvozabonini dogʻda qoldirdi. Hisob 4:3 koʻrinishiga keldi.
Shu tariqa umumiy hisobda 7 ta gol urilgan bellashuvda “Latsio” gʻalabani ilib ketdi.
Shomurodov ketma-ket ikki oʻyinda “Jenoa” tarkibida gol urishga muvaffaq boʻldi, biroq uni goli gʻalaba uchun kamlik qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala