Jamiyat

Oʻzbekiston bosh davlat sanitariya vrachi COVID-19 ga qarshi emlandi

© Press-slujba Minzdrava UzbekistanaZamministra zdravooxraneniya Uzbekistana Baxodir Yusupaliyev privilsya uzbeksko-kitayskoy vaktsinoy
Zamministra zdravooxraneniya Uzbekistana Baxodir Yusupaliyev privilsya uzbeksko-kitayskoy vaktsinoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2021
Bahodir Yusupaliyev koronavirus qarshi ZF-UZ-VAC2001 oʻzbek-xitoy vaktsinasi bilan emlandi.
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi, bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev koronavirus qarshi emlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, Yusupaliyev ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasini olgan.
“Aholini ommaviy emlash jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mana men ham koronavirusga qarshi vaktsina bilan emlandim. Bu bilan oʻzim, oila aʼzolarimning salomatligini himoya qilishim mumkin”, – dedi Bahodir Yusupaliyev.
3 may holatiga koʻra, mamlakatda koronavirusga qarshi emlangan fuqarolar soni 911 811 nafarga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala