Siyosat

Osiyo, Yevropa va Amerika: Tashqi siyosiy tadbirlar rejasi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaYusuf Kabuljanov - press-sekretar MID Uzbekistana
Yusuf Kabuljanov - press-sekretar MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2021
Tashqi ishlar vazirligi Yevropa, Osiyo va Amerikalik hamkorlar bilan oʻtkazish rejalashtirgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy tadbirlar rejasini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 05 may – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi may-iyun oylarida dunyoning barcha qitʼalaridagi hamkorlar bilan qator siyosiy va madaniy tadbirlar oʻtkazishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Oʻzbekiston – Osiyo
Tashqi ishlar vazirligi Osiyo hududidagi hamkorlar bilan qator uchrashuvlar oʻtkazishni rejalashtirilgan:
11-12 may kunlari Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasining “Xitoy – Markaziy Osiyo davlatlari” shaklidagi tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi;
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti yuqori lavozimli mulozimlari uchrashuvlari;
Oʻzbekiston – Yevropa
Abdulaziz Kamilovning “Oʻzbekiston Respublikasi-Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik Kengashi ishida ishtirok etish maqsadida Bryussel shahriga amaliy tashrifi;
Siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha yuqori darajadagi "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" muloqoti yigʻilishi;
Oʻzaro bogʻliqlik va barqaror rivojlanish boʻyicha “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi vazirlar uchrashuvi;
Oʻzbekiston – Amerika
Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida Strategik sheriklik muloqotining birinchi uchrashuvi Toshkent shahrida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda;
Madaniy tadbirlar
22 may kuni Venetsiyada Xalqaro Arxitektura Biyennalesi ochiladi, unda Oʻzbekiston birinchi marta "Mahalla: shahar va qishloq hayoti" mavzusidagi milliy pavilon bilan ishtirok etadi;
“Tojikistonda Oʻzbekiston kinosi kunlari"ni hamda Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Tojikiston ijodiy ziyolilar forumini oʻtkazish masalasi ishlab chiqilmoqda;
Bundan tashqari, Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan 3 230 ta tadbir oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlar aniq sanalari dunyodagi sanitariya-epidemiologiya vaziyatdan kelib chiqib belgilanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala