Jamiyat

Oʻzbekistonda emlanganlar soni bir millionga yaqinlashmoqda

© SputnikVaktsinatsiya Sputnik V
Vaktsinatsiya Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2021
Emlanganlar soni boʻyicha Fargʻona, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlari yetakchilik qilmoqda.
TOSHKENT, 5 may - Sputnik. Oʻzbekistonda emlanganlar soni 1 million kishiga yaqinlashmoqda. Bu haqida Sanitariya-Epidemiologiya hizmati xabar qilmoqda.
Xususan, 5 may ertalabki maʼlumotlarga koʻra, Respublika boʻyicha jami emlanganlar soni 963 894 kishini tashqil qilgan. Ulardan 21006 kishi vaktsinaning 2 dozasini olgan.
Bugungi kunda emlanganlar soni boʻyicha Fargʻona viloyati (127 ming), Andijon viloyati (109 ming), Namangan viloyati (103 ming) va Samarqand viloyatlari (96 ming) yetakchilik qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, shu kunga qadar Oʻzbekistonga 660 ming doza AstraZeneka, 2 mln doza oʻzbek-xitoy vaktsinasi hamda 100 ming doza Sputnik vaktsinalari olib kelgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, shu kunga qadar Oʻzbekistonda vaktsina olgan fuqarolar orasida oʻlim holatlari qayd etilmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala