Jamiyat

“Prava” olish uchun imtihonlar: hukumat qarori

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishTeoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.05.2021
Haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish sohasida xususiy sektorlar ham ishtirok etishlari mumkin.
TOSHKENT, 6 may — Sputnik. “Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Voditelskoye udostovereniye Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2020
Jamiyat
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 2021 yil yakunigacha uzaytirilgan – DXA
Qarorga koʻra, 2021 yil 1 iyundan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlarga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqi berildi.
Ilgari bu tartib Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan edi.
Ushbu tartib trolleybus va tramvay transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun tatbiq etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala