Iqtisodiy zonalar infratuzilmasi qanday yaxshilanadi?

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishUborka i pererabotka pervogo urojaya rossiyskogo kartofelya dlya "Makdonalds"
Uborka i pererabotka pervogo urojaya rossiyskogo kartofelya dlya Makdonalds - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Obuna bo‘lish
Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalar tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan ta’minlash tadbirlariga 2021-yilda 1,6 trln so‘m, 2022-yilda 1,8 trln so‘m mablag‘lar ajratiladi.
TOShKENT, 7-may - Sputnik. O‘zbekistonda mavjud 23 ta maxsus iqtisodiy zonalar jami 8,8 ming gektar yer maydonini egallaydi. Ulardan 3,9 ming gektarida qiymati 5,3 mlrd. dollar bo‘lgan 895 ta investitsiya loyihalari joylashtirilgan.
Bu haqda bugun AOKAda o‘tkazilgan matbuot-anjumanida ma’lum qilindi.
Maxsus iqtisodiy zonalarning qolgan 4,9 ming gektari investitsiya loyihalarini joylashtirish mumkin bo‘lgan bo‘sh yer maydonlari hisoblanadi.
Ularning 65 foizi zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan to‘liq ta’minlanmagan. Maxsus iqtisodiy zonalarning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishiga xalaqit berayotgan eng katta to‘siq ham mana shu muammo hisoblanadi.
O‘zbekiston erkin iqtisodiy zonalari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2020
Foyda va imtiyoz: O‘zbekiston – erkin iqtisodiy zonalar
Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan 60 ta kichik sanoat zonalari zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan to‘liq ta’minlanmagan.
O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror shu kabi muammolarni yechishga qaratilgan.
Qarorga ko‘ra, 2021-2022 yillarda Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalar tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan ta’minlash tadbirlariga 2021-yilda 1,6 trln so‘m, 2022-yilda 1,8 trln so‘m mablag‘lar ajratiladi.
Mazkur qaror bilan har bir maxsus iqtisodiy zona va har bir kichik sanoat zonasini infratuzilmalar bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangan.
Ma’lumot uchun: joriy yilda erkin iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 1,1 milliard dollar bo‘lgan 332 ta loyiha, kichik sanoat zonalarida umumiy qiymati 9,5 trillion so‘m bo‘lgan 1 ming 845 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Bu loyihalar, asosan, iqtisodiyotning o‘sish nuqtasi hisoblangan elektrotexnika, charm-poyabzal, qurilish materiallari, neft-gaz, farmatsevtika, turizm, issiqxona xo‘jaliklari, xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish sanoati yo‘nalishlarda amalga oshiriladi.
Natijada, 20 ming 298 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu esa shu yilning yakuni bilan 400 million dollarlik mahsulot eksport qilish, 350 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish hamda davlat budjetiga qo‘shimcha 2 trillion so‘mdan ko‘p mablag‘larni yo‘naltirishga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0