Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

© Press-slujba prezidenta Mirziyoyev Nazarbayev
Mirziyoyev Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Obuna bo‘lish
Suhbatda O‘zbekiston-Qozog‘iston ko‘p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
TOShKENT, 7-may - Sputnik. O‘zbekistonprezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Yetakchilar G‘alaba kuni va yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon hayiti bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
Suhbatda O‘zbekiston-Qozog‘iston ko‘p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Turli darajalardagi faol va samarali ikki tomonlama muloqotlar tufayli hamkorlik ijobiy sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 28 foizga o‘sdi. O‘tgan oyda chegaraoldi hududlardan birida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro markaz qurilishi boshlandi.
Vizi, priglasheniya, propiska: novoe polojenie ot Pravitelstva Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2021
O‘zbekiston va Qozog‘iston "Osiyo shengeni"ni joriy etmoqda
Ustuvor investitsiya va infratuzilma loyihalarini birgalikda tayyorlash va amalga oshirish, jumladan, Uchquduq–Qizilo‘rda avtomobil va temir yo‘llari hamda Turkiston-Toshkent tezurar temir yo‘lini qurish ishlari olib borilmoqda.
Ikki mamlakat hududlari yaqindan hamkorlik qilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv borasidagi muhim dasturlar davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti va elboshi birodar xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, ishonch va sheriklik ruhidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhim ekanini alohida ta’kidladilar.
Yangiliklar lentasi
0