Siyosat

Fuqaro murojaatiga bepisand boʻlgan Oqqoʻrgʻon tumani hokim oʻrinbosari javobgarlikka tortildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishV zale zasedaniy
V zale zasedaniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2021
Hokim oʻrinbosari "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqaroning yordam soʻrab yozgan arizasini xizmat xonasida saqlab kelgan. Oradan 77 kun oʻtgan boʻlsa ham murojaatni roʻyxatdan oʻtkazish, koʻrib chiqish va muallifga javob xati yuborish chorasi koʻrilmagan.
TOSHKENT, 9 may – Sputnik. Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari murojaatlarni javobsiz qoldirgani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hokim oʻrinbosari "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqaro M.E.ga yer ajratib berishda amaliy yordam berishni soʻrab yozgan arizasini xizmat xonasida saqlab kelgan. Oradan 77 kun oʻtgan boʻlsa ham murojaatni roʻyxatdan oʻtkazish, koʻrib chiqish va muallifga javob xati yuborish chorasi koʻrilmagan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Siyosat
Vazifalarni bajarmaganlar ishdan olinadi: Mirziyoyev amaldorlarni qattiq ogohlantirdi
Bundan tashqari, shu kabi qonun buzilishiga 600 nafardan ortiq yoshlarning yer ajratib berish haqidagi murojaatlari boʻyicha ham yoʻl qoʻyilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oqqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 43-moddasi (jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish) bilan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan.
Sal avval Buxoroda murojaatlarga eʼtiborsizlik bilan yondashgan masʼullarning 22 nafari egallab turgan lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala