Migratsiya

Turkiyada qiyin ahvolda qolgan 6 nafar oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribыl v Turtsiyu s vizitom
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribыl v Turtsiyu s vizitom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2021
Fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yordam soʻrab murojaat qilgan
TOSHKENT, 9 may - Sputnik. Istanbulda qiyin ahvolda qolgan 6 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot-xizmati.
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2021
Migratsiya
Xorijda qiyin ahvolda qolgan migrantlar qayerga murojaat qilishi kerak?
"Turkiya Respublikasining Istanbul shahriga ishlash maqsadida borib, pandemiya sharoitida moliyaviy qiyin ahvolda qolgan va koronavirus kasalligini boshidan oʻtkazgan Oʻzbekiston fuqarolari – T.I, M.YU va ularning farzandlari Vatanga qaytarildi", - deyiladi xabarda.
Ular Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yordam soʻrab murojaat qilgan.
Mazkur murojaatlarni qanoatlantirish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Bosh konsulxona va Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilib, fuqarolar Istanbul-Toshkent yoʻnalishidagi aviareys orqali Oʻzbekistonga olib kelindi.
Moliyaviy qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro migratsiya tashkiloti masʼul xodimlari kutib oldi va ular yashash manziliga kuzatildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala