Video

Toshkentda Ulugʻ Vatan urushi qahramonlari xotirasi yod olindi

Oʻzbekistonda fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan Gʻalabaning 76 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtdi. Asosiy tadbirlar Gʻalaba bogʻida, shuningdek "Birodarlar qabri" yodgorlik majmuasida boʻlib oʻtdi.
Yomgʻirli ob-havo boʻlishiga qaramay, 9 may kuni ertalab Toshkentdagi Volgograd qabristonida odamlar gavjum. Minglab shaharliklar musaffo osmon va ona vatanining ozodligi uchun jonini fido qilgan qurbonlar xotirasini yodga olish uchun keldilar.
Chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari xodimlari mangu olov yoniga gul qoʻydilar. Marosimda Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov, Rossotrudnichestvo vakolatxonasi rahbariyati va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala