Jamiyat

Oʻzbekistondagi oʻzga tilli sinflarda oʻzbek tili chet tili kabi oʻrgatiladi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPervыy zvonok v Tashkente
Pervыy zvonok v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Oʻzbek tilini chet tili sifatida oʻqitish koʻzda tutilgan yangi darsliklar til oʻrgatishning xalqaro standartlari asosida yaratilmoqda.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Oʻzbekistondagi maktablarda taʼlim tili oʻzga tilda boʻlgan sinflarda davlat tili — oʻzbek tili chet tili kabi oʻrgatiladi.
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi matbuot xizmati xabariga koʻra, milliy oʻquv dasturi asosida oʻzga millat vakillari uchun 2-sinf oʻzbek tili darsligi yaratildi. Ushbu darslik 2021/2022-oʻquv yilida amaliyotga joriy etiladi.
Oʻzbek tilini chet tili sifatida oʻqitish koʻzda tutilgan yangi darsliklar til oʻrgatishning xalqaro standartlari asosida yaratilmoqda.
Bunda:
Nutqiy kompetentsiyalar:
aktiv — gapirish, yozish;
passiv — oʻqib tushunish, tinglab tushunish.
Leksik kompetentsiyalar:
grammatika;
leksika — A1, A2, B1, B2 koʻrinishida sinflar kesimida taqsimlangan.
Qayd etilishicha, ayni paytda yaratilgan darslikda oʻz davri uchun muhim boʻlgan yana bir qancha qulayliklar mavjud. Xususan, oʻquv darsligi asosida oʻqituvchi kitobi va oʻquvchi mashq daftari joriy etildi. Ilgari ikkinchi til kitoblaridagi lugʻat-tarjimalar, odatda, ikki tilda havola qilingan boʻlsa, endilikda ular keng auditoriyani hisobga olib qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, turkman, tojik, rus va ingliz tillariga ham tarjima qilingan.
Oʻquvchining psixologik, yosh xususiyatlari ham hisobga olinib, rasmlar 70 foiz, matnlar 30 foiz oʻrin egallagan. Fanlararo integratsiya (STEAM) toʻla taʼminlangan. Ular ham oʻquvchida til oʻrganish koʻnikmasini faollashtiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala