Siyosat

Mirziyoyev Qozondagi maktabda yuz bergan fojia munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishTsvetы u gimnazii №175 na ulitse Djaudata Fayzi v Kazani, v kotoroy bыvshiy uchenik gimnazii Ilnaz Galyaviyev otkrыl ogon. Yest pogibshiye i postradavshiye.
Tsvetы u gimnazii №175 na ulitse Djaudata Fayzi v Kazani, v kotoroy bыvshiy uchenik gimnazii Ilnaz Galyaviyev otkrыl ogon. Yest pogibshiye i postradavshiye. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Davlat rahbari Qozon shahridagi maktabda sodir boʻlgan otishma haqidagi xabardan chuqur qaygʻuga tushganini va bu fojiadan larzaga kelganini taʼkidlagan
TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozon gimnaziyasida yuz bergan otishma tufayli rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga hamdardlik maktubini yoʻlladi.
"Fojiali voqea – Qozon shahridagi maktabda sodir boʻlgan otishma oqibatida begunoh bolalar va yoshi kattalar halok boʻlgani haqidagi xabar meni chuqur qaygʻu va larzaga soldi. Hech qanday vaj bilan oqlab boʻlmaydigan ushbu mudhish zoʻravonlik harakatini qatʼiy qoralaymiz.
Sizga, qurbon boʻlganlarning ota-onalari va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etaman hamda jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishlarini tilayman", - deyiladi hamdardlik telegrammasida.
Ushbu musibatli damlarda Oʻzbekistonning koʻpmillatli xalqi Rossiya xalqi uchragan judolikka qaygʻudoshligi qoʻshimcha qilingan.
Strelba v shkole v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Video
Qozon gimnaziyasidagi otishma - video
Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi ham Qozon shahridagi maktablarning birida sodir boʻlgan mudhish hodisa munosabati bilan oʻz hamdardligini bildirib qolgan.
"Vafot etganlarning yaqinlari bilan qattiq qaygʻudamiz. Jarohatlanganlarga tez fursatda sogʻayib ketishlarini tilab qolamiz", - deyiladi hamdardlik maktubida.
11 may kuni ertalab Qozon shahridagi 175-sonli maktab-gimnaziyada 19 yoshli oʻspirin oʻqituvchi va oʻquvchilarni oʻqqa tutdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 9 kishi (7 nafar 8 sinf oʻquvchisi, oʻqituvchi va maktab xodimi) halok boʻldi, yana 21 kishi jarohat oldi.
Hujum qilgan shaxs Ilnaz Galyaviyev qoʻlga olindi, u toʻrt yil avval shu gimnaziyani tugatgan. Uning nomiga bu yil aprel oyida qurol rasmiylashtirilgan ekan.
12 may Tataristonda motam kuni deb eʼlon qilindi. Qozondagi barcha maktablarda darslar bekor qilindi, tekshiruvlar boshlandi.
Bugun, 12 may kuni, Tataristonda motam kuni deb eʼlon qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala